Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston aeronavigatsiya xizmati provayderi SOCEA platformasiga qo‘shildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.12.2023 1174 Yangiliklar

SOCEA – Yevropa va Osiyo uchun mintaqaviy aeronavigatsiya muvofiqlashtirish platformasi bo‘lib, havo harakatini boshqarish va aeronavigatsiya xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda axborot va bilim almashishda hamkorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

 

Turkiya Respublikasi Davlat aeroportlari bosh boshqarmasi hamda Ozarbayjon aeronavigatsiya xizmati provayderi “Azeraeronavigatsiya” YoAJ tomonidan tashkil etilgan birlashmaga “O‘zaeronavigatsiya” Markazi ham rasman a’zo bo‘ldi.

 

Ushbu hamkorlik aviatsiya standartlarini oshirish orqali operatsion samaradorlik, havo harakati xavfsizligi, aloqani rag'batlantirish va global havo transporti tizimini qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytiradi.