Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston transport koridorini rivojlantirish masalasi muhokama etildi  

Chop etish Sahifani ulashish
29.06.2024 1600 Yangiliklar

Bugun, 29-iyun kuni poytaxtimizda Pokiston va O‘zbekistonning yetakchi transport-ekspeditorlik kompaniyalari ishtirokida Logistika forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Forumda Pokiston Savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Ahsan Ali Mangi, Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Axmad Faruk, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov, «Rossiya temir yo‘llari» OAJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Pavlov hamda transport siyosatini yurituvchi davlat organlari, transport-ekspeditorlik kompaniyalari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

 

Forumda “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridori orqali ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, mavjud to‘siqlarni birgalikda bartaraf etish hamda o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

 

Shuni ta’kidlash joiz-ki, bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari yuk tashuvlar oqimini an’anaviy transport koridorlaridan “O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston” multimodal transport koridori orqali yo‘naltirishga katta qiziqish bildirmoqda. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra 2023-yilda yuk ushbu koridor orqali tashuvlar hajmi 2021 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘paygan.

 

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” transport koridoridan muqobil transport yo‘lagi sifatida emas, balki tizimli foydalanishni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Bu yo‘nalishda tomonlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish zarur, – dedi M.Omarov.

 

Forum davomida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov “O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston” transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari surdi: