Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O'zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurdi

Chop etish Sahifani ulashish
19.07.2023 3440 Yangiliklar

Bugun Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati delegatsiyasini qabul qildi.

 

Uchrashuv doirasida tomonlar ikki davlat o’rtasidagi aloqalar yildan-yilga rivojlanib borayotganini ta'kidlab, kelajakda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

 

Xususan, transport-logistika sohasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda o'rta koridorning ahamiyati alohida ta'kidlab o’tildi.