Bugungi kunda ijtimoiy hayotimizni transportsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Binobarin, har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoxud aholisi hayotida transportning roli va ahamiyati beqiyosdir.
Mamlakatning keng ko‘lamda rivojlanishi mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarning yuqori surʼatlarda bo‘lishi ham bevosita transport infratuzilmasining samarali faoliyatiga bog‘liq.
Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil qilingan.
Davlatimiz rahbarining soha taraqqiyotiga qaratayotgan alohida eʼtibori natijasida bugun transportning barcha turlarini rivojlantirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa xalq manfaati, aholimiz farovonligini taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Bugun vazirlik tashkil etilganiga 5 yil to‘ldi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimiz transport tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni chin qalbdan muborakbod etaman.
Yurt obodligi, xalq farovonligi va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
I.Maxkamov,
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri