Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi transport sohasidagi hamkorlik to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumi imzoladi

Chop etish Sahifani ulashish
19.07.2023 2575 Yangiliklar

O'zbekiston hukumati delegatsiyasining Gruziyaga rasmiy tashrifi doirasida Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili transport sohasidagi hamkorlik to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

 

Memorandum Gruziya dengiz portlarida dengiz terminali/omborxonalarni qurish/uzoq muddatli lizingga olish, fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik, avtomobil transportida tashuvlarni rivojlantirish hamda transport va infratuzilma yo’nalishida o’zaro hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, innovatsiyalarni qo’llashni o’z ichiga oladi.

 

Ta’kidlash joizki, 2022-yilda O'zbekistonning Gruziya portlari (Poti, Batumi) orqali eksport-import yuk tashish hajmi 864 ming tonnani tashkil etdi. Ushbu ko’rsatkich 2021-yilga nisbatan 72 foizga ko'p (2021-yilda 503 ming tonna).