Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va BAA parvozlar chastotasini bir necha barobarga oshirishga kelishdi

Chop etish Sahifani ulashish
15.12.2023 2682 Yangiliklar

ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida O‘zbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida havo qatnovlari hajmini oshirish bo‘yicha eng samarali kelishuvga erishildi.

 

Ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda parvozlar geografiyasi hamda chastotasini bir necha barobarga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

 

Ushbu kelishuvga ko‘ra Toshkent va Samarqand aeroportlari bilan bir qatorda viloyatlardagi barcha xalqaro aeroportlardan BAAning Dubay, Abu-Dabi, Sharja, shuningdek, Ras al-Hayma va Fujayra shaharlariga ham parvozlar amalga oshiriladi.

 

Erishilgan kelishuvga ko‘ra har ikki davlatlarning tayinlangan aviakompaniyalari:

 

Toshkent – Abu-Dabi, Samarqand – Abu-Dabi, Urganch – Abu-Dabi,  Buxoro – Abu-Dabi, Namangan – Abu-Dabi, Farg‘ona – Abu-Dabi, Qarshi – Abu-Dabi, Termiz – Abu-Dabi, Nukus – Abu-Dabi yo‘nalishida haftasiga jami 41 ta chastotada;

 

Toshkent – Dubay, Samarqand – Dubay, Namangan – Dubay, Buxoro – Dubay, Navoiy – Dubay, Farg‘ona – Dubay, Nukus – Dubay yo‘nalishida haftasiga jami 35 ta chastotada;

 

Toshkent – Sharja, Namangan – Sharja, Samarqand – Sharja, Farg‘ona – Sharja, Qarshi – Sharja, Termiz – Sharja yo‘nalishida haftasiga jami 23 ta chastotada;

 

Toshkent – Ras al-Hayma, Samarqand – Ras al-Hayma yo‘nalishlarida haftasiga jami 6 ta chastotada;

 

Toshkent – Fujayra yo‘nalishida esa haftasiga 3 ta chastotada parvozlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

 

Mazkur kelishuv har ikki mamlakat o‘rtasida xorijiy sayyohlar hamda tranzit yo‘lovchilarning o‘zaro almashinuvi, ziyorat turizmi rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan aviakompaniyalar uchun parvozlar geografiyasini kengaytirish hamda xizmatlar eksporti hajmining oshishiga xizmat qiladi.