9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga etkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyatining «Zagros Airlines» aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash to‘g‘risidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001 yil 17 avgustdagi Havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi.
O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati