Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida Xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
29.01.2024 2308 Yangiliklar

Bugun, 29-yanvar kuni Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan “Yevropa – Markaziy Osiyo: Transport bog‘liqligi” investitsiya forumi doirasida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda Estoniyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili, elchi Aivo Orav xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida hukumatlararo bitimni imzolashdi.

 

Mazkur bitimning amalga oshirilishi avtomobil tashuvlarini rivojlantirish va geografiyasini kengaytirishga, yo‘nalishlarni diversifikatsiyalashga, shuningdek, ikki davlat milliy tashuvchilariga xalqaro avtomobil tashuvlarining barcha turlarini amalga oshirish imkonini beradi.