O‘zbekiston va ICАO o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024–2026 - yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar rejasi imzolandi.
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 2024-yil 18-iyun kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024–2026 yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar rejasining amalga oshirilishi bo‘yicha Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish doirasida ICАO va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024–2026-yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar Rejasi imzolandi.
Rejaning amalga oshirilishi Fransiya aviatsiya ma’muriyati (DGCA), Fransiyaning aviatsiya hodisalarini tekshirish va parvozlar xavfsizligini tahlil qilish Byurosi (BEA), АQSh aviatsiya ma’muriyati (FAA), АQShning transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha milliy kengashi (NTSB) hamda ACI/ACI-EUROPE, Airbus, Boeing va Jahon Banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi ICAOga a’zo davlatlar ichida COSPA dasturidan foydalanayotgan birinchi davlat hisoblanadi.