Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Kanada: fuqaro aviatsiyasi sohasida qator kelishuvlarga erishildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2023 4195 Yangiliklar

“ICAN – 2023” tadbiri doirasida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari har ikki tomon aviakompaniyalari uchun birinchi va ikkinchi darajadagi “havo erkinligi”ni taqdim etishga kelishib oldi.

 

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish huquqini beruvchi uchinchi va to‘rtinchi “havo erkinligi”ni o‘z ichiga olgan aviaqatnovlar to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda imzolash jarayonini boshlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

 

2025-yildan boshlab, O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalaridan “Uzbekistan Airways” AJ  Kanadaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Kanada bilan erishilgan kelishuv “Uzbekistan Airways” AJning Kanadaga parvozlarni amalga oshirishi zamin yaratadi.

 

Qolaversa, mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb qilish bo‘yicha Amerika qit’asining yana bir mamlakatini O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi.