Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston logistika muammolarini o‘rganish va transport yo‘laklarini rivojlantirishda hamkorlik qiladi

Chop etish Sahifani ulashish
24.06.2024 1676 Yangiliklar

Bugun, 24-iyun kuni Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov va Mo‘g‘ulistonning Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro tahlil markazi ijrochi direktori Damdin Od Dulguun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar logistika muammolarini o‘rganish, jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida kelgusidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

 

Muzokaralar yakunida ikki markaz o‘rtasida transport yo‘laklarini rivojlantirish, zarur materiallar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar va tahliliy ishlarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi Hadli bitim imzolandi.