Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida transport aloqalari yangi bosqichga ko'tariladi

Chop etish Sahifani ulashish
22.08.2023 2704 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Ozarbayjon raqamli rivojlanish va Transport vaziri o'rinbosari Raxmon Gummatov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi transport-logistika aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, tranzit yuk tashishlarni ko'paytirish imkoniyati va boshqa qator masalalarni muhokama qildi.

 

Tomonlar yuk tashish hajmini oshirish, yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o'rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (e-permit) ayirboshlash tizimini yo'lga qo'yish bilan bog'liq jihatlar yuzasidan fikr almashdi.