Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtotransportda yuk tashuvlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.09.2024 712 Yangiliklar

Joriy yilning 12-13 sentabr kunlari Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” – “Dostuk” chegara bojxona postlarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat bojxona, chegara xizmatlari hamda transport vazirliklari vakillaridan iborat ishchi guruhlarning uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Uchrashuv doirasida ikki tomonlama yuk tashuvlari hamda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi orqali amalga oshirilayotgan yuk tashuvlarini rivojlantirish, chegara bojxona postlari orqali transport qatnovi bilan bog‘liq bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish kabi masalalar muhokama etildi.