Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha hukumatlararo qo'shma komissiyaning 10-yig'ilishi bo'lib o'tdi

Chop etish Sahifani ulashish
16.08.2023 2031 Yangiliklar

Bugun, 16 - avgust kuni Cho‘lpon-Ota shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10 - yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi sohasida katta imkoniyatlar mavjudligi, bu borada O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot fondi salohiyatidan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, energetika, suv xo‘jaligi, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10 - yig‘ilishi yakunlari yuzasidan bayon imzolandi.