Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Tojikiston aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
14.08.2024 143 Yangiliklar

2024-yil 13-avgust kuni Dushanbe shahrida, birdamlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitida, O‘zbekiston va Tojikiston aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari rahbarlarining tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Tomonlar aeronavigatsiya xizmatlari sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

 

Uchrashuvda korxonalarning imkoniyatlari, kelgusidagi hamkorlik va uni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi. So‘ngra “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK va “Tojikaeronavigatsiya” DUK o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

 

“Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida barqaror va xavfsiz havo qatnovini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan aeronavigatsiya sifati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Ishonchimiz komilki, tajriba va texnologiyalar almashinuvi bu borada yangi marralarni zabt etish imkonini beradi”, — dedi “Tojikaeronavigatsiya” DUK bosh direktori Loik Begidjonzoda.

 

“Mazkur memorandum aviatsiya va aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga, mintaqada aeronavigatsiya xizmatlarini yanada mustahkamlash, tajriba almashish va ikki davlat havo hududi orqali parvozlar xavfsizligini ta’minlash xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir”, — dedi “O‘zaeronavigatsiya” DUK direktori Doniyor Jumayev.