Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Turkmaniston xalqaro yuk tashuvlarida  undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni optimallashtirmoqchi  

Chop etish Sahifani ulashish
11.01.2024 2521 Yangiliklar

2024-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston va Turkmaniston tashuvchilari tomonidan xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda undiriladigan yig‘imlar va to‘lovlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston ekspert ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig’ilishda tomonlar xalqaro yuk tashuvlari jarayonida O‘zbekiston va Turkmanistonda tashuvchilardan undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni optimallashtirish, O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududi orqali xalqaro yuk tashuvlari ishtirokchilari uchun viza olish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihasini imzolashni tezlashtirish masalalarini muhokama etishdi.

 

Uchrashuvda Turkmaniston tomoni real vaqt rejimida ruxsatnoma blankalarini elektron tarzda almashishni nazarda tutuvchi raqamli “E-Permit” tizimiga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston tomoni tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdi.

 

Uchrashuvlarda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.