Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston – Xitoy: transport sohasida manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
01.05.2024 1142 Yangiliklar

O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining transport sohasida hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitasining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Videokonferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda Xitoy Xalq Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Vang Gang janoblari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda tomonlar transport-kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish borasida qator masalalar yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

 

Xususan, tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida haydovchilarga viza berish, shuningdek, tijorat yuklarini tashish uchun Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston ruxsatnomalaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni kelishib oldi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda temir yo‘l va aviatsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, “Osiyo Tinch Okeani mintaqasi davlatlari – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa” multimodal transport koridori faoliyati, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.