Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uchinchi davlatga/dan avtomobilda yuklarni xalqaro tashish

Chop etish Sahifani ulashish
01.03.2024 2915 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 277-son qaroriga muvofiq jo‘natuvchi mamlakatda yuklangan va qabul qiluvchi mamlakatda tushirilgan, jo‘nash yoki qabul qilish mamlakati hisoblanmaydigan mamlakatda ro‘yxatga olingan avtotransport vositalarida yuklarni tashish uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga avtomobilda yuklarni xalqaro tashish (uchinchi davlatga/dan tashish) hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Tomonlardan birining davlati xalqaro tashuvchisi yuklarni boshqa Tomon davlati hududidan uchinchi davlat hududiga va uchinchi davlat hududidan boshqa Tomon davlati hududiga olib o‘tishi mumkin, bunga boshqa Tomonning vakolatli organidan xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida tuzilgan hukumatlararo bitimlarga muvofiq ruxsat olingan bo‘lsa.

 

2024-yil 1-martdan boshlab xorijiy tashuvchilar tomonidan uchinchi davlatlardan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuklarni yukni jo‘natish davlati bo‘lmagan boshqa davlat hududida qayta yuklash va qayta ulash yo‘li bilan amalga oshiriladigan avtomobil transportidagi tashishlar faqat O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan beriladigan “uchinchi davlatga/dan” ruxsatnoma blankalari orqali amalga oshiriladi.

 

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirganda ushbu ma’lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz.