Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Olmaota – Toshkent avtobus yo‘nalishida ilk texnik qatnov amalga oshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.03.2022 5114 Yangiliklar

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklash jarayoni boshlandi.

Bugun Olmaota – Toshkent yo‘nalishida ilk texnik qatnov amalga oshirildi. Qozog‘istonning Olmaota shahridan yo‘lga chiqqan avtobus soat 14:00 da “Toshkent” avtovokzaliga etib keldi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik tashuvchilar tomonidan bugun Toshkent – Olmaota yo‘nalishda dastlabki texnik qatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Texnik qatnovlar natijasidan kelib chiqib, ommaviy chiptalarni sotish kuni va yo‘l kira tariflari qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Dastlabki, bosqichda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo‘rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.