Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ona tilim — gʼururim, faxrim!

Chop etish Sahifani ulashish
21.10.2021 4326 Yangiliklar

 

21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan “O‘zyo‘linspeksiya”, Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lovchilar o‘rtasida o‘ziga xos aksiya tashkil etildi.

Ona tilimizni rivojlantirish, davlat tilining jamiyatdagi nufuzini oshirish, yoshlarni ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur aksiya doirasida turli - tuman viktorinalar o‘tkazildi.

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.