Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Onlayn seminar-trening tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.01.2022 3781 Yangiliklar



Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro transport forumi, Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ ishtirokida shaharlarda aholining barqaror mobilligini ta’minlash va jamoat transporti sektorini isloh qilish bo‘yicha video konferensaloqa shaklida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda Xalqaro transport forumi ekspertlari tomonidan jamoat transporti xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlash metodlari hamda transport modellarini ishlab chiqishda ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish bo‘yicha onlayn master klass o‘tkazildi.

Seminar davomida Transport vazirligi hamda Xalqaro transport forumi o‘rtasidagi “Shahar yo‘lovchi transportini dekarbonizatsiya qilish yo‘llari” loyihasiga start berildi.

Loyihaga ko‘ra Xalqaro transport forumi tomonidan O‘zbekiston uchun shaharlarda aholining barqaror mobilligini ta’minlash va jamoat transporti sektorini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.