Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
10.10.2023 2750 Yangiliklar

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Yashil iqlim fondining “Elektromobillik dasturi”ni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.


Yetti mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur dasturni moliyalashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan mablag‘ 170 mln AQSh dollarini (zayom mablag‘ining 65 mln dollari grant va qolgan 105 mln dollari qarz) tashkil etadi.  


Tijorat elektromobillarini ommalashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ushbu dastur, elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda uning barqarorligini ta’minlash, shuningdek, elektromobillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.