Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK O‘MM “O‘quv-mashg‘ulot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirildi

Chop etish Sahifani ulashish
27.11.2019 7796 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5584-sonli Farmoni, hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil 19 noyabrdagi № 76K-PO buyrug‘i bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK O‘MM “O‘quv-mashg‘ulot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi korxonalarining o‘quv muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga va 2019 yil 20 noyabrdagi "O‘quv-mashg‘ulot markazi" MChJning arizasiga muvofiq, "O‘zaviatsiya" tomonidan joriy yilning 20 noyabrь kuni qayta rasmiylashtirildi va 1-U sonli Sertifikati berildi.

Berilgan sertifikatga muvofiq “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ quyidagi kurslarni o‘tkazish huquqiga ega:

Uchuvchilar, bort kuzatuvchilar va havo harakatini boshqarish dispecherlari uchun dastlabki mashg‘ulotlar:

Boeing 757/767/787, Airbus 320, An-2, Mi-8 MTV-1 havo kemalarida uchuvchilarni qayta tayyorlash;

Boeing 757/767/787, Airbus 320 havo kemalarida bort kuzatuvchilarni qayta tayyorlash;

Boeing 757/767/787, Airbus 320, An-2, Mi8 MTV-1 havo kemalarining uchish tarkibi;

Il-76TD, Il-114-100, An-2, Mi8 MTV-1 havo kemalarining muhandis-texnik xodimlari.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati