Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy axboroti

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2022 4335 Yangiliklar

 

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatimizga olib kelish uchun tashkil etilayotgan maxsus aviareyslar uchun chiptalar sotilayotganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Fuqarolardan shu kabi xabarlarga ishonmasliklarini, maxsus aviareyslar O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan bepul tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.

Hozirda Polshaning Katovitse shahridan "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish hamda maxsus aviareyslar orqali mamlakatimizga jo‘natish ishlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.