Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston Transport vaziri va Qozog‘iston Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rtasida telefon orqali muloqot

Chop etish Sahifani ulashish
26.02.2021 5149 Yangiliklar

 

Bugun, 26- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri – “Uzbekistan airways” AJ boshqaruv raisi Ilxom Mahkamov Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantrish vaziri Beybut Atamkulov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbolari muhokama qilindi. Xususan, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi avtobuslari qatnovlarini tezroq tiklash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaparvozlar sonini oshirish, yangi qatnov yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama etildi.

Telefon orqali muloqotda transport sohasida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.