Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Eron temiryo‘l orqali yuk tashuvlarini rivojlantiradi

Chop etish Sahifani ulashish
23.02.2022 4822 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Tehronda Eron Islom Respublikasi temir yo‘llari tashkiloti prezidenti Sayid Miad Salexi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasida temir yo‘l tashuvlari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama etishdi.

Har ikki tomon vakillari mamlakatlarimiz o‘rtasida yuk tashish hajmi faol o‘sib borayotganligini, ushbu jarayonda tashuvlarning 80 foizi aynan temir yo‘llari orqali amalga oshirilayotganligini inobatga olgan holda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etib o‘tishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Eronning Chobahor porti orqali yuk tashuvlarini tashkil etish istiqbollari ham muhokama etildi.