Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ va “RJD Biznes Aktiv” hamkorligidagi birinchi konteyner poyezdi yo‘lga chiqdi

Chop etish Sahifani ulashish
01.02.2022 4498 Yangiliklar

 

COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo bo‘ylab yuzaga kelgan logistika muammolari o‘z navbatida yuk tashishning yangi yo‘nalishlarini tashkil etishni taqozo etdi.

Bu borada "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ va “RJD Biznes Aktiv” hamkorligida Xitoy davlatidan yuklarni konteynerlarda tashishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Xitoyning Sindao portidan chiqqan "RJD Biznec Aktiv" va "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ hamkorligidagi birinchi konteyner blok poyezdi joriy yilning 30 - yanvar kuni Rossiyaning Mis-Churkin stansiyasidan Chuqursoy stansiyasiga o‘z harakatini boshladi.

Blok poyezdi o‘z tarkibiga xalq xo‘jaligi mollari ortilgan 70 ta 40 futlik konteynerlarni olgan bo‘lib, Mis-Churkin stansiyasidan Chuqursoy stansiyasiga yetib kelish vaqti 11-12 kunni tashkil etadi.