Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Pekinda Barqaror transport bo'yicha global forum o‘z ishini boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
25.09.2023 2192 Yangiliklar

Xitoy poytaxti Pekinda Barqaror transport bo‘yicha global forum boshlandi. Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi tomonidan “Barqaror transport: global taraqqiyotga ko‘maklashish uchun birgalikda harakat qilaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda 50 dan ortiq davlat vakillari, jumladan vazirlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari hamda yirik kompaniyalar qatnashmoqda.

 

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilхom Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

 

Forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar transport masalasi jahon iqtisodiyotining kaliti ekanligini ta’kidladi. Transport aloqalarisiz iqtisodiy hamkorlik haqida gapirish mumkin emas. Barqaror transport masalasi nafaqat bir davlatning muammosi, balki global xarakterga ega ekanligi alohida taʼkidlandi. Ma’ruzalarda Yevroosiyoda mavjud bo‘lgan transport yo‘nalishlarining, jumladan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi hamkorlik iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirishdagi o‘rni alohida qayd etildi.