Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Prokuratura taqdimnomasi yuzasidan muhokama

Chop etish Sahifani ulashish
29.01.2021 6333 Yangiliklar

 

29 - yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida Transport prokuraturasi tomonidan Fuqaro aviatsiyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.04.2019 yildagi 337-sonli qarori ijrosi ahvoli yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vazirlikka kiritilgan taqdimnoma muhokamasi tanqidiy ruhda o‘tkazildi.

Transport vaziri o‘rinbosari A.Mirzayev va Transport prokuraturasi bo‘lim katta prokurori O.Sagdullayevlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda asosiy e’tibor Agentlikning mas’ul mansabdor shaxslarining mas’uliyatini oshirishga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga kelgusi faoliyat davomida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi.

Yig‘ilishda tekshirish natijasiga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mutasaddilarning hisoboti tinglandi.