Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

QADRLI HAMKASBLAR! HURMATLI TEMIRYO‘LCHILAR!

Chop etish Sahifani ulashish
03.08.2024 1003 Yangiliklar

Mamlakatimiz temir yo‘l tizimida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini, bir so‘z bilan aytganda, samarali mehnati bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha temiryo‘lchilarimizni kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman.

 

Ozod va obod Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiy etishida temir yo‘l tizimining ahamiyati nihoyatda beqiyos. Ko‘p millatli temiryo‘lchilar jamoasining samarali va mashaqqatli mehnati evaziga ortda qolgan yillar davomida tarmoqni har tomonlama takomillashtirish, davrga hamohang qilish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarini alohida e’tirof etsak arziydi.

 

Fidoyi temiryo‘lchilar!

 

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugun sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro transport va tranzit salohiyatini yuksaltirish borasida oldimizda yanada katta marralar turibdi.

 

Barchangizga ona Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan sermahsul mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Soha rivoji, insonlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish kabi zahmatli mehnat faoliyatingizda kuch-quvvat, omad va zafarlar yor bo‘lsin!

 

Mustahkam sog‘liq, g‘ayrat-shijoat, oilaviy baxt-saodat, dasturxoningizni fayz-u baraka aslo tark etmasin! 

 

 
Ilhom Maxkamov,
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri