Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand-Moskva-Samarqand yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Chop etish Sahifani ulashish
24.06.2022 3135 Yangiliklar

 

Samarqand xalqaro aeroportida aviakompaniyaning mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan birinchi qatnoviga xizmat ko‘rsatildi.

Bahor-yoz mavsumi rejasi doirasida aviakompaniya Toshkentdan Samarqand orqali Moskva (Vnukova) va Sankt-Peterburg shaharlariga aviaqatnovlarini bajaradi.

Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga parvozlar haftaning chorshanba va payshanba kunlari mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da amalga oshiriladi. Toshkentga parvozlar juma kunlari soat 00:45 da bajariladi.

Samarqand shahridan xalqaro yo‘nalishlarda yangi qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarda ham qo‘shimcha qatnovlar tashkil etishga erishildi.

Shuningdek, yaqin orada aviakompaniya tomonidan Toshkent–Buxoro, Toshkent–Farg‘ona, Toshkent–Namangan kabi mahalliy yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.