Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qaror loyihasi

Chop etish Sahifani ulashish
26.07.2024 1277 Yangiliklar

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur texnik reglament loyihasi umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transporti infratuzilmasiga taalluqlidir.

 

Texnik reglament loyihasida O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilishi tugallangan temir yo‘l transporti infratuzilmasi obyektlarini loyihalash (shu jumladan izlanish), ishlab chiqarish, qurish, o‘rnatish, ishga tushirish, qabul qilish va foydalanishga topshirish jarayonida temir yo‘l transporti infratuzilmasiga qo‘yiladigan majburiy talablar, shuningdek, mahsulotlarning muvofiqligini baholash nazarda tutilgan.

 

Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.