Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

QAROR LOYIHASI

Chop etish Sahifani ulashish
20.08.2024 798 Yangiliklar

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llari xavfsizligiga doir texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Ushbu texnik reglament avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanish bosqichlarida quyidagilarni ta’minlash maqsadida qabul qilinadi:

 

▪️fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkini muhofaza qilish;

▪️atrof-muhitni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish;

▪️iste’molchilarni chalg‘itadigan harakatlarning oldini olish;

▪️energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash.

 

Reglament avtomobil yo‘llarida va ularni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanish jarayonlari uchun zarur bo‘lgan minimal xavfsizlik talablarini, shuningdek, ushbu talablarga muvofiqligini baholash shakllari va tartibini belgilaydi.

 

Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.