Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qatar bilan havo qatnovi orqali yuk va yo‘lovchi tashuvlari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
04.06.2024 1736 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Qatar fuqaro aviatsiyasi rahbari Muhammad Faleh Al Hajri bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida havo qatnovi orqali yuk va yo‘lovchi tashuvlarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

 

Tomonlar O‘zbekiston va Qatar poytaxtlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 4 tadan 7 taga olib chiqish, shuningdek, kelgusida Doha va O‘zbekistonning viloyat aeroportlarini bog‘lash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

 

Qatar fuqaro aviatsiyasi hukumati rahbari Muhammad Faleh Al Hajri janoblari “Qatar airways” aviakompaniyasining O‘zbekistonga parvozlari Doha va Toshkent xalqaro aeroportlarini tranzit aviayo‘lovchilar uchun kelgusida eng maqbul yo‘nalish sifatida tanlashlari uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi.