Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qatar transport vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
24.10.2023 2048 Yangiliklar

Joriy yilning 23 - oktabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Qatar Davlati Transport vaziri o‘rinbosari Hamad Iso Abdullo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi. Xususan, transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishda Qatar Davlati ishtirokini taʼminlash yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida mazkur loyiha yuzasidan “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ vakillari ishtirokida taqdimot o‘tkazildi.

 

Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida "Qatar airways" aviakompaniyasi tomonidan Doxa – Toshkent – Doxa yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

 

Qatar Davlati Transport vaziri o‘rinbosari Hamad Iso Abdullo mazkur masalada hozirda davlat ichki jarayonlari tugatilayotganini, 2024 - yilning mart oyi oxiridan reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganini maʼlum qildi.