Respublika maxsus komissiyasi axborotida taʼkidlanishicha, fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida Respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib,“sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar oʻrtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda quyidagi poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berildi:
Toshkent - Buxoro - Toshkent;
Toshkent - Termiz - Toshkent;
Toshkent - Xiva - Toshkent;
Toshkent - Nukus - Toshkent;
Andijon - Xiva - Andijon;
Andijon - Buxoro - Andijon;
Andijon - Termiz - Andijon.
Bunda, Transport vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.
Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yoʻlga qoʻyilishiga ruxsat berildi.
Manba: UzA