Ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi hamda kuchli qor bo‘ronlari sabab Qozog‘istonning 9 viloyatidagi 48 ta yo‘l uchastkasida barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.
Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi mabuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘skemen-Ridder-Rossiya Federatsiyasi chegarasi avtoyo‘lining 15-105 km oralig‘idagi (Belousovka-Ridder) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillari uchun yopilgan.
O‘skemen-Chemonaixa- Rossiya Federatsiyasi chegarasi trassasining 15-105 km (Glubokoe-Chemonaixa) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtolari uchun yopildi.
Semey-Qaynar trassasining 8-144 km oralig‘idagi (Semey-Sarjal), O‘skemen-Chemonaixa- Rossiya Federatsiyasi chegarasi trassasining 105-123 km oralig‘idagi (Chemonaixa-RF chegarasi) uchastka ham yopilgan.
«Aqto‘be-Bolgarka-Chubarquduq» trassasi 17 km (Sazdi ovuli) - 190 kmgacha («Aqto‘be-Astraxan» trassasi) bo‘lgan qismida harakat butunlay to‘xtatilgan.
Haydovchilarga ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar yo‘lga chiqmasliklarini tavsiya etamiz.
Favqulodda vaziyatga yo‘liqqan haydovchilar 1403 raqamiga murojaat qilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati