Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qozog‘iston uch tomonlama ruxsatnoma blankalarini elektron shaklda rasmiylashtiring

Chop etish Sahifani ulashish
25.06.2024 1425 Yangiliklar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi vakolatli organlari o‘rtasidagi kelishuvga asosan 2024-yilning aprel oyidan uch tomonlama ruxsatnoma blankalari taqsimlanuvchi blankalar turidan chiqarilib, milliy tashuvchilarga ularning arizasi asosida E-permit tizimi orqali faqatgina elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yildi.

 

Bugungi kun holatiga Qozog‘iston Respublikasi bilan 7500 dona “uchinchi davlatga/dan” ruxsatnoma blankalari almashilgan. O‘tgan vaqt mobaynida milliy tashuvchilardan bor yo‘g‘i 98 ta korxona ushbu turdagi ruxsatnoma blankalarini olish uchun ariza topshirgan. Hozirda jami 295 dona ushbu turdagi ruxsatnoma blankalari milliy tashuvchilarga elektron shaklda rasmiylashtirib berilgan.

 

Milliy tashuvchilar elektron blankalarni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz mustaqil ravishda arizalarni taqdim etgan holda rasmiylashtirib olishlari mumkin.