Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qurbon hayiti bayrami kuni Toshkent shahri jamoat transporti faoliyati yuzasidan ma’lumot

Chop etish Sahifani ulashish
12.06.2024 843 Yangiliklar

16–18 - iyun kunlari aholining “Qurbon hayiti” bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishi va respublika bo‘ylab sayohat qilishi,  yo‘lovchilarning o‘z manzillariga xavfsiz yetib olishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan hamkorlikda tegishli choralarni amalga oshirmoqda.

 

16-iyun kuni “Qurbon hayiti” namozi o‘qilishi munosabati bilan  masjidlarga kelib-ketishda poytaxtimiz aholisiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri jamoat transporti (avtobus va metro) faoliyati tongi soat 03:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shahar avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.