Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

RASMIY MUNOSABAT

Chop etish Sahifani ulashish
25.06.2024 1541 Yangiliklar

Shu kunlarda Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda amaldagi qonunchilikka binoan tashish qoidalari talablariga rioya qilish bo‘yicha keng qamrovli qo‘shma reyd tadbirlari olib borilmoqda.

 
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan va Toshkent viloyatlari hududida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari yuzasidan xorijiy davlatlar yuk avtomobillari haydovchilarining e’tirozli videomurojaatlari e’lon qilindi. Mazkur videoda keltirilgan va boshqa xorijiy davlat avtotransport vositalarida O‘zbekiston hududidagi punktlar o‘rtasida yuk va yo‘lovchilar tashish kabotaj tashuvlari sifatida qayd etilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125² – moddasiga muvofiq xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish (kabotaj), agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Mazkur qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan talab barcha davlatlarda mavjud bo‘lib, o‘zbekistonlik haydovchilar ham xorijiy davlatlarga tegishli yuklarni tashish jarayonida ushbu davlatlarda qonunchilik bilan tartibga solinadigan kabotaj sohasiga tegishli amalda bo‘lgan talablarga bo‘ysunadi.

 

Yuklarni xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan avtotransportlarda O‘zbekiston hududidan olib chiqishda yuk ortilgan joyda barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng harakatlanish lozim. Yukni bir hududda ortib, boshqa hududda unga hujjat rasmiylashtirilishini vaj qilib ko‘rsatish javobgarlikdan ozod etmaydi.

 

Shu o‘rinda xorijiy davlat tashuvchilari ham avtotransportlariga yukni ortilgan joyda barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berilishini talab qilib olishlari zarurligini eslatib o‘tamiz. Bu o‘z navbatida ularni javobgarlikdan va ortiqcha ovoragarchilikdan xalos etadi.

 

Barcha milliy hamda xorijiy davlatlar haydovchilaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlariga qat’iy rioya qilishni so‘raymiz.