Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

RASMIY XABAR

Chop etish Sahifani ulashish
22.03.2020 7453 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda.