Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

Chop etish Sahifani ulashish
30.06.2020 6317 Yangiliklar

 

Joriy yil 1 iyul sanasidan boshlab:

♦ respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;

♦ “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07.00 dan 23.00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23.00 dan 07.00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi. Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi;

“qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

 

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar uch toifaga ajratilmoqda:

 

♦ koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan) bemorlar;

♦ koronavirus infeksiyasi o‘rtacha og‘ir kechayotgan (tana harorati ko‘tarilayotgan) bemorlar;

♦ koronavirus infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlar.

 

Joriy yil 5 iyul sanasidan boshlab koronavirus infektsiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bog‘liq quyidagilarni nazarda tutuvchi YaNGIChA TARTIB joriy etilmoqda:

♦ kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud bo‘lganda, UY ShAROITIDA davolanishiga ruxsat etiladi;

♦ shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda NAZORATDAN ChIQARISh amaliyoti joriy etiladi;

♦ koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi MULOQOTDA BO‘LGANLAR 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan ro‘yxatga asosan mehonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi;

♦ birlamchi skrining test tahlillari musbat natija bergan namunalarni tasdiqlash tahlillarini o‘tkazish vakolati Bosh sanitar shifokor ko‘rsatmalaridan kelib chiqib HUDUDIY sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga beriladi;

♦ aholining populyatsion ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida koronavirus antitanachalariga IFA tekshirishlariga, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sog‘liqni saqlash sektoridagi tibbiyot muassasalari ham jalb etilishi mumkin.