Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiya bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

Chop etish Sahifani ulashish
06.10.2023 3379 Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda transport sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.


Tomonlar avtomobil va temir yo‘l transporti orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish, xalqaro transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya muqobil yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni tashkil etish, transport sohasini raqamlashtirish va ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.


Shuningdek, Toshkent – Moskva shartnomaviy yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishildi.