Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiyadan O'zbekistonga tashkil etilayotgan maxsus poyezdlarga elektron chiptalar ham sotilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
13.10.2020 6967 Yangiliklar

 

COVID-19 koronavirus pandemiyasi davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan maxsus poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yilgan. 

Jumladan, joriy yil oktyabr oyining 15, 18, 22, 25, 28 sanalari hamda 1, 2 noyabr kunlari “Voljskiy – Toshkent” yo'nalishida poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Ushbu poyezdlar Rossiyaning Voljskiy shahridan jo'naydi. Ta'kidlash joiz, mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni “Voljskiy – Toshkent” yo'nalishiga chiptalar sotilmoqda. 

Hamyurtlarimimzga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida elektron chiptalarni sotish yo'lga qo'yildi. Voljskiydagi fuqarolarimizning yaqinlari O'zbekistonda turib “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti orqali, https://e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, Internet orqali Voljskiydagi hamyurtlarimizga jo'natishlari ham mumkin.

15, 18, 22, 25, 28 oktyabr hamda 1, 2 noyabr kunlari Voljskiy – Toshkent yo'nalishida harakatlanadigan poyezdlar 18,21,25,28,31 oktyabr hamda 4, 5 noyabr kunlari Toshkent shahriga kirib keladi.

Eslatma: Bugungi kunda pandemiya sababli qo'shni Qozog'iston Respublikasi hamda Rossiya davlatlari chegara hududlari ochilgani yo'q. Shu boisdan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan Rossiya davlatida qolib ketgan fuqarolarni yurtimizga olib kelish uchun maxsus poyezdlar tashkil qilinmoqda. Bu poyezdlarga faqat Rossiyadan O'zbekistonga kelish uchun chiptalar sotiladi.

Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.