Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiyaning “UVT AERO” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Chop etish Sahifani ulashish
19.08.2023 2076 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2023-yil 17-avgust kuni “UVT AERO” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Qozon – Samarqand – Qozon yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

 

Aviakompaniya parvozlarni CRJ-200 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.