Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samarqand O'zbekistonda YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qo'shilgan birinchi shaharga aylandi

Chop etish Sahifani ulashish
17.05.2023 3332 Yangiliklar

YеTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishining 2-kunida O‘zbekiston hukumati va YeTTB o‘rtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yo‘lga uchun 49 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

 

Ajratilgan mablag’ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 tagacha o'rta o'lchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, shuningdek, elektravtobuslar parki, elektr stantsiyasi, foydalanish uchun ma'muriy binolar va texnik xizmat ko'rsatish obyektlarini o'z ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi.

 

Bu “Samarqand - yashil shahr” (GCAP) harakat rejasidagi birinchi loyiha bo'lib, barqaror rivojlanish istiqbollari va strategik maqsadlarni hamda ustuvor ekologik muammolarni hal qilish uchun zarur bo'lgan harakatlar va investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan muhim qadamdir.