Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samarqand shahar jamoat transportida xizmat sifati oshiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
11.06.2024 1469 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar hamda viloyatda brutto-shartnoma tizimini joriy etish, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi qamrovini oshirish bo‘yicha dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.

 

Bugungi kunda viloyatda 7 ta yo‘nalishda brutto-shartnoma tizimi joriy etilganligi va qolgan yo‘nalishlarni ham bosqichma-bosqich ushbu tizimga o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

 

Zero, yo‘lovchi tashuvlarini yangi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilishi sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.