Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samarqand shahriga kirish cheklanadi

Chop etish Sahifani ulashish
26.03.2020 6996 Yangiliklar

2020 yil 27 mart kuni soat 06:00 dan boshlab Samarqand shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va engil avtotransport) uchun to‘xtatiladi.

Samarqand shahriga kirishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarda, shuningdek, Samarqand shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, Samarqand shahrida joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini olib borayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27 mart kuni soat 06:00 dan boshlab Samarqand shahri hududida tramvay va avtobuslar harakati to‘xtatiladi.