Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Samarqand – Toshkent – Sank-Peterburg” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
25.02.2020 7750 Yangiliklar

Bugun, 25- fevral sanasidan e’tiboran "Samarqand – Toshkent – Sank-Peterburg" yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi o‘z faoliyatini boshladi.

Bugun soat 09:00 Samarqand avtovokzalidan yo‘lga chiqqan avtobus “Toshkent” avtovokzalidan qo‘shimcha yo‘lovchilarni olib, Sankt-Peterburg tomon yo‘l oldi. Ushbu yo‘nalish qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi. Yo‘lovchilar Sank-Peterburg markaziy avtovokzaliga yetkazib qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘ylab chipta narxi Samarqanddan 840 000 so‘m Toshkentdan esa 800 000 so‘mni tashkil etadi. Yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan "Uzautotrans service" MChJ va Rossiyaning "TTK GLOBUS" MChJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.