Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samarqand va Namanganga elektrobuslar sotib olish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha YeTTB bilan mandat xatlari imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
20.05.2024 2308 Yangiliklar

Joriy yilning 14–16 - may kunlari Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 33-yillik yig‘ilishi va biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir doirasida transport vaziri o‘rinbosari Ilxomjon Abdugafarov YeTTB (Yevroosiyo)ning infratuzilma departamenti rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Samarqand va Namangan shaharlari uchun elektrobuslarni sotib olish bo‘yicha mandat hujjatlarini imzolash hamda Transkaspiy transport yo‘lagi tarkibiga kiruvchi 4R160 “Urganch – Mang‘it” (70 km) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.

 

Muzokaralar yakunida "Samarqand elektr avtobuslari" hamda “Namangan elektr avtobuslari” loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirish to‘g‘risida mandat xatlari imzolandi.